O'zgartirilgan: 2021-07-27

Pul o'tkazmalari

Yaqinlaringiz bir necha daqiqa ichida o'tkazmani qabul qiladi

AziyaEkspress

AziyaEkspress

Jismoniy shaxslarga xalqaro pul o’tkazmalari tizimida xizmat ko’rsatish maqsadida 2006 yilda Aziya Invest Bank tomonidan “AziyaEkspress” xalqaro pul o’tkazmasi dasturi ishlab chiqilgan. O’tkazmalarining asosiy ulushi Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston o’rtasida, shuningdek MDH mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi.

O`tkazmalar uchun tarif

1,4%, 1 USD/EUR dan kam bo’lmagan
Contact

Contact

CONTACT to’lov tizimi Rossiya va yaqin xorij mamlakatlari pul o’tkazmalari bozorida kuchli uchtalikdan o’rin oladi. 900 dan ortiq Rossiyadagi va xorijiy banklar hamda moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlarida 500 000 dan ortiq xizmat ko’rsatish shoxobchalariga ega.

O`tkazmalar uchun tarif

0% dan 3,5% gacha
Western Union

Western Union

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida jahonda yetakchilardan biri, 140 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, Xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun dunyoning 200 dan ortiq mamlakat va hududlarida 500 000 dan ortiq bo’limlari mavjud.

O`tkazmalar uchun tarif

0,5% dan, eng kami 2 AQSH dollari
Unistream

Unistream

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida yetkachilardan biri. Jismoniy shaxslar tomonidan 100 ga yaqin mamlakatda 100 000 dan ortiq xizmat ko’rsatish shoxobchalari orqali o’tkazmalarni amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xalqaro pul o’tkazmasi to’lov tizimi.

O`tkazmalar uchun tarif

0% dan, maksimum 30 AQSH dollari
MoneyGram

MoneyGram

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida jahonda yetakchilardan biri, 75 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, Xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun dunyoning 190 dan ortiq mamlakat va hududlarida 250 000 dan ortiq bo’limlari mavjud.

O`tkazmalar uchun tarif

eng kami *3 AQSH dollari*
Zolotaya korona

Zolotaya korona

Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida yetakchilardan biri, 20 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, xalqaro pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasi, MDH va boshqa Osiyo mamlakatlarida 50 000 dan ortiq shoxobchalari mavjud.

O`tkazmalar uchun tarif

0% dan, maksimum 30 AQSH dollari

Matbuot markazi