O'zgartirilgan: 23-02-2021

Savdoni moliyalashtirish

Asaka banki keng korrespondentlik tarmog'iga ega

«Asaka» bank yil davomida savdoni moliyalashtirilish sohasida faol ish olib bormoqda, xususan, hozirgi kunda eksport-import operatsiyalar bo’yicha 1 yilgacha bo’lgan qisqa muddatli kreditlardan foydalanilmoqda. Kredit beruvchilar qatorida — JP Morgan Chase (AQSh), Korea Exim Bank (Koreya), UBS AG (Shveytsariya), Commerzbank AG (Germaniya), Landes Bank Berlin AG (Germaniya), Dresdner Bank AG (Germaniya), SMBC (Yaponiya), RBI (Avstriya), CITIBANK (AQSh) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar mavjud. Xorijiy hamkorlar tomonidan savdoni moliyalashtirish sohasidagi taqdim etilgan kredit liniyalarining umumiy miqdori 500 million AQSH dollaridan oshadi. Ushbu kredit liniyalar doirasida, doimiy ravishda AJ “O’zavtosanoat” (shu jumladan AJ “GM Uzbekistan”), AJ “O’zkimyosanoat”, AJ “O’zagrotexsanoatxolding” kabi boshqa mijozlarning akkreditivlari tasdiqlanyapti.

Savdo bitimlarning asosiy qismi Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Shveytsariya, Italiya va boshqa mamlakatlar etkazib beruvchilariga to’g’ri keladi.

Quyidagi banklarning kredit liniyalari:

Commerzbank

Commerzbank

Shahar / mamlakat: Germaniya

JP Morgan Chase

JP Morgan Chase

Shahar / mamlakat: AQSH

Citibank

Citibank

Shahar / mamlakat: AQSH

Korea Exim Bank

Korea Exim Bank

Shahar / mamlakat: Koreya

UBS AG

UBS AG

Shahar / mamlakat: Shveytsariya

Unicredit

Unicredit

Shahar / mamlakat: Italiya

Matbuot markazi