Mastercard bilan Creta yutib ol

O'zgartirilgan: 12-09-2020

Loyihalarni moliyalashtirish

«Asaka» banki yangi ishlab chiqarishlarni qurish va mavjudlarini kengaytirish,  zamonaviylashtirish, texnik qayta jihozlash (shu jumladan, jihozlar, matereallar, yangi buyum namunalarini, boshqa moddiy boylik va texnologiyalarni) olishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini amalga oshiradi.

«Asaka» banki yangi ishlab chiqarishlarni qurish va mavjudlarini kengaytirish,  zamonaviylashtirish, texnik qayta jihozlash (shu jumladan, jihozlar, matereallar, yangi buyum namunalarini, boshqa moddiy boylik va texnologiyalarni) olishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini amalga oshiradi.

Bank tomonidan iqtisodiy jihatdan istiqbolli, foyda keltiradigan, rantabellik darajasi yuqori loyihalar moliyalashtiriladi.

Kreditdan foydalanish muddati, loyiha o’zini-o’zi qoplash muddatidan kelib chiqib yoki jalb qilingan xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan (Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va kredit bitimlari bilan belgilangan shartlarda) berilishi mumkin.

Kreditni ta’minoti sifatida bank tomonidan ko’char va ko’chmas mulkni garovga olish, uchinchi shaxslar kafilliklari, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, sug’urta tashkilotlari va banklar kafolatlari hamda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari qabul qilinishi mumkin.

Bank tomonidan quyidagi maqsadlarga kreditlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi:

Bank kredit siyosatida quyidagi holatlarda kreditlar ajratish rad etilishi ko’zda tutilgan:

Bank shuningdek, loyihalarni moliyalashtirisda sindikatlashtirilgan kreditlash turidan foydalanishi mumkin.

Moliyalashtirishga qabul qilingan loyiha belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha TIA, to’liq hajmda loyiha-smeta hujjatlari bilan va o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan zarur texnologik jihozlarni yetkazib berish, pudrat ishlarini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomalar bilan hamda loyihani ishga tushirish va uning ishlab chiqarish – tijorat faoliyatini ta’minlovchi boshqa kelishuvlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

«Asaka» bank korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdordir. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi va bank filiallari malakali mutaxassislari zaruriy yordam ko’rsatishga va ko’mak berishga hamisha tayyor.

 

Matbuot markazi