O'zgartirilgan: 2021-09-29

Yana bir jamoaviy g'alabamiz

“Toyboss Snow Leopard Run – 2021” da sovrinli o'rin

2021 yilning 26 sentabr kuni  Qirg’iziston Respublikasining Bishkek shahrida qor barsining ko’payishini kengaytirish maqsadida  “Toyboss Snow Leopard Run – 2021” nomli yugurish musobaqasi o’tkazildi.Ushbu musobaqa Qirg’izistondagi yirik xalqaro turnir bo’lib, unda turli mamlakatlardan minglab havaskor sportchilar ichtirok etadi. Musobaqadan tushgan mablag'ning bir qismi qor barsi va uning ekotizimini saqlab qolish uchun global dasturga yo’naltiriladi.

Xalqaro turnirda "Asakabank" AJ Bosh ofisining pul muomalasi va to'lovlarni monitoring qilish bo'limi boshlig'i Alimardon Sobirov ishtirok etib, ikkinchi o'rinni egalladi va sovrindorlar qatorida shohsupaga ko'tarildi. Bu mazkur xodimimizning xalqaro musobaqalardagi birinchi yutug’i emas. G’olib hamkasbimizni tabriklaymiz!