O'zgartirilgan: 2021-10-07

Xarakatsiz depozit majburiyatlari

“Аsakabank” АJ mijozlari jismoniy shaxslarning xarakatsiz, bir yil davomida amaliyotlar amalga oshirilmagan xisobvaraqlari xamda ulardagi qoldiq mablag'lar 29842-“Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvaraqlariga o'tkazilishi e'lon qilinadi”

Tijorat banklari tomonidan 2021 yil 1 martidan boshlab depozit shartnomalariga oid 04_005, 04_006 va 04_007 - sonli talabnomalar buyicha elektron maʼlumotlar Markaziy bankning BTMO (IXBS - WareHouse) tizimiga yuborilib kelinmokda.
Tijorat banklari tomonidan BTMOga yuborilgan maʼlumotlar taxlili shuni kursatmokdaki, 04_005, 04_006 - sonli talabnomalar da aksariyat xollarda, barcha rekvizitlar to'liq to'ldirilmaganligi shuningdek, elektron maʼlumotnomalar (справочник)larga mos kelmaydigan maʼlumotlar sababli xatolik yuzaga kelayotganligi xamda ushbu shartnomalar ro'yxatdan o'tkazilmaganligi natijasida 04 007 - sonli “Информация по остаткам и оборотам депозитных договоров” talabnoma buyicha yuborilayotgan maʼlumotlar xam qabul qilinmasdan kelinmokda.
BDMАBga jismoniy shaxs mijozlar xisobvaraqlarini ro'xatga olish, depozit shartnomalari buyicha xaqqoniy va to'lik maʼlumot shakllantirishni taʼminlash maqsadida:
-    bankning veb saytda, ijtimoiy tarmoqlarida, bank bo'linmalarining eʼlon taxtalarida jismoniy shaxslarning xarakatsiz (bir yil davomida xech kanday operatsiyalar amalga oshirilmagani) xisobvaraqlari qoldiklarini 29842 - “Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvaraqalariga o'tkazish buyicha eʼlon berish;
-    bankning ichki meʼyoriy xujjatlaridan kelib chiqib, jismoniy shaxs mijozlarning 1 yil davomida xarakatda bo'lmagan (bank kartalari buyicha amal qilish muddati tugagan) depozit qoldiklari uchun belgilangan tartibda 29842 - “Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvaraqlarini ochish xamda qoldiklarini dasturiy ravishda 29842 - “Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvaraqlariga o'tkazgan xolda 1 yil davomida xarakatda bo'lmagan depozit xisobvaraqlarini yopish;
 
-    jismoniy shaxs mijozlarning yopilgan xisobvaraklariga mablag'lar kelib tushganda ushbu mablag'larni avtomat ravishda 29842 - “Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvarag'iga o'tkazilishini taʼminlash;
-    29842 - “Xarakatsiz depozit majburiyatlari” xisobvaraqlariga utkazilgan mablag'lar buyicha operatsiyalar bajarilmasligi uchun omonatchi kelgunga qadar dasturda taqiqqa qo'yish xamda ushbu xaqda mijozni “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o'zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo'yiladigan minimal talablar to'g'risida”gi nizomga (ro'yxat raqami 3030, 2018 yil 2 iyul) muvofiq xabarnoma (maʼlumotnoma) yuborish;
-    ushbu 29842 xisobvaraqlardan qisman xarajat qilinishiga yo'l qo'ymaslik xamda omonatchi xisobvaraqlari uning murojaati asosida xarakatga keltirilganda, qoldiklarni mijozning tegishli xisobvaraqlariga o'tkazib, mijoz maʼlumotlarini to'ldirgan xolda, mazkur 29842 xisobvaraqlarni belgilangan tartibda yopishni so'raymiz.