O'zgartirilgan: 2021-06-25

“Urgut” EIZ hududida “Asakabank” AJ tomonidan moliyalashtirilgan investitsion loyiha

Mamlakatimizda maishiy texnikalar ishlab chiqarilishini tashkil etish va shuning asosida respublikaning yuqori texnologiyali korxonalarini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish, aholi bandligini ta`minlash va daromadini oshirish maqsadida “Urgut” EIZ hududidagi investitsiya loyihasi “Asakabank” AJ tomonidan moliyalashtirilgan.

Loyihaga bank tomonidan 675 240,0 AQSH dollar miqdorida kredit ajratilgan bo`lib, bunda 458 150,0 AQSH dollari Xitoy Davlat Taraqqiyot banki va 217 090,00 AQSH dollari Cargill Financial Services International, Inc kredit liniyasi mablag`lari jalb qilingan.

Mazkur korxona yiliga, 1 270 000 dona 8 turdagi maishiy texnikalar va maishiy texnika jihozlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ushbu mahsulotlar “IDEAL” tovar yorlig`i bilan ishlab chiqariladi. Bugungi kunda korxonada 218 dan ortiq xodim mehnat qilmoqda, korxonada 2020 yilda jami 779 486,0 AQSH dollari, jumladan 31 628 dona gaz plita va elektr pechlari eksport qilingan bo`lsa, 2021 yil 1 iyunga qadar 187 359,00 AQSH dollari miqdorida jami 6 973 dona gaz plita va elektr pechlar eksport qilingan.

Shuningdek, ichki bozorga maishiy texnikalar va maishiy texnika jihozlari sotishdan tushgan tushum jami 25,5 mlrd so`mni tashkil etgan.

Korxona ichki va tashqi bozorda o`z o`rnini topish, shuningdek bosqichma-bosqich to`liq quvvatda ishlash boyicha o`z strategiyasini ishlab chiqqan bo`lib kelgusida yuqori ko`rsatkichlarga erishishni maqsad qilgan.