Mastercard bilan Creta yutib ol

O'zgartirilgan: 2021-01-15

Tijorat taklifi

 Oʼzbekiston Respublikasida sugʼurta faoliyati bilan shugʼullanayotgan barcha Sugʼurta kompaniyalariga

Maʼlumki, tijorat banklarining kreditlash tartibi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ajratilgan kreditlar taʼminoti sifatida kredit qaytmaslik xatarini sugʼurtalash hamda kredit taʼminoti sifatida garovga olinadigan mol-mulklarning sugʼurta xatarlarini sugʼurta qilishda sugʼurta kompaniyalari bilan sugʼurta shartnomalarini tuzish zarurati mavjud.
Аksariyat xollarda, sugʼurta kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sugʼurta shartnomalarida sugʼurta qildiruvchi (qarzdor) yoki naf oluvchi (tijorat banki) ning huquq va manfaatlari belgilovchi shartlar sugʼurta kompaniyasi uchun nazarda tutilgan shartlarga nisbatan noteng va noqulay hisoblanib, sugʼurta xodisasi roʼy bergan holatlarda ham sugʼurta tovonini toʼlash imkoniyatini cheklovchi istesnolar koʼpligi sababli shartnoma shartlarini munosib ravishda oʼzgartirish va taraflar uchun maqbul shaklda tuzilishiga erishish uchun ortiqcha vaqt va imkoniyatlar sarf etilmoqda. 
Bunday murakkabliklarni bartaraf etish va bank mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Аsakabank” АJ barcha sugʼurta kompaniyalarini ajratilayotgan kreditlarning qaytmasik xatarini sugʼurta qilish hamda kredit taʼminoti hisoblangan mol-mulklarni sugʼurta hatarlaridan sugʼurta qilish boʼyicha hamkorlikka taklif qiladi.
Sugʼurta kompaniyalari tomonidan taklif etilib, “Аsakabank” АJ tomonidan maqullangan va oʼzaro kelishuvga erishilgan taklif shartlari asosida tanlab olingan sugʼurta kompaniyalari bilan bosh kelishuv tuzilib, uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli hamkorlik yoʼlga qoʼyilishi rejalashtirilgan.
Sugʼurta kompaniyalari taklif shartlari bilan birga sugʼurta shartnomalarining naʼmunasini ham taqdim etishi maqsadga muvofiq hisoblandi.
“Аsakabank” АJ tomonidan maqullanadigan sugʼurta taklif shartlari quyidagicha:
-    Sugʼurta mukofoti summasi miqdorining kamligi;
-    Sugʼurta xodisasining aniq muddat bilan belgilanishi yoki sugʼurta hodisasi sifatida tan olinadigan hodisaning yuzaga kelish extimolining yuqoriligi;
-    Sugʼurta shartnomasida istesno holatlarning faqatgina qonunda nazarda tutilgan holatlar bilan cheklanishi;
-    Franshiza cheklovining qoʼllanilmaganligi;
-    Sugʼurta tavoni toʼlanishini boshqa bir taʼminot yoki shartnomaga bogʼlanmaganligi.
Shuningdek, hamkorlikni yoʼlga qoʼyishda sugʼurta kompaniyasining sugʼurta bozoridagi reytingi va Respublikaning barcha mintaqalari (viloyatlari) da filiallari yoki xizmat koʼrsatish ofislarining mavjudligi inobatga olinadi.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasining “Raqobat toʼgʼrisida”gi 06.01.2012 yildagi OʼRQ-319-sonli qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 230-sonli qarori va “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar” Markaziy bankning 3030-sonli Nizomini inobatga olgan holda, Banklar, qarz oluvchilar va garovga qoʼyuvchilarning sugʼurta kompaniyasini turini tanlash huquqlarini cheklamaydilar va sugʼurta kompaniyalari bilan shartnoma tuzulishi tomonlar uchun hech qanday javobgarlik va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.


Mazkur tijorat taklifi boʼyicha “Аsakabank” АJ bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan sugʼurta kompaniyalari bankning 100015, Toshkent shahri, Nukus koʼchasi, 67-uy manzilida joylashgan bosh ofisiga yozma ravishda, shuningdek bankning https://new.asakabank.uz rasmiy sayti yoki office@asakabank.uz va asakabank@exat.uz rasmiy elektron manzillariga elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin.
Qoʼshimcha maʼlumot uchun tel: +99878 147 65 65 (IP: 1152, 1223, 1233, 1235)