O'zgartirilgan: 2021-02-07

TEXNIK NOSOZLIK TO'G'RISIDA XABARNOMA!

Joriy yilning 3-fevralida texnik ishlar olib borilayotgan vaqtda (bu haqda bankning ijtimoiy tarmoqlardagi telegraminstagram va facebook rasmiy sahifalarida xabar berilgan edi), bankning protsessing markazida texnik nosozlik yuz berdi, natijada avval amalga oshirilgan tranzaktsiyalarning bir qismi takroran MasterCard kliring markaziga yuborildi.

Shu munosabat bilan, Sizga shuni ma'lum qilamizki, "Asakabank" AJ va MasterCard jamoasi ushbu muammoni bartaraf etish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirmoqda.

Takrorlangan fayllarni bekor qilish bo'yicha ishlar 8 fevral oqshomidan boshlab olib boriladi va imkon qadar tez orada muammo butunlay yo'q qilinib, bu haqda rasmiy ravishda e'lon beriladi.

"Asakabank" AJ jamoasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi!

Agar sizda biron bir savol bo'lsa, quyidagi telefonlar orqali bog'lanishingiz mumkin.

9.00 dan 21.00 gacha - (+998 78) 147 65 65 (ichki raqam – 1832, 1833, 1831)

21.00 dan 9.00 gacha - (+998 95) 144 44 26, (+998 33) 986 36 98, (+998 90) 727 22 29