O'zgartirilgan: 2021-08-10

​​Sizning pullaringiz ishonchli himoya ostida

Xarid joylarida har doim firibgarlarga yoʻliqish xavfi mavjud boʻladi. Internet ham bundan mustasno emas.

Shu bois bank kartalari orqali onlayn toʻlovlarning xavfsizligi yuqori darajada taʼminlanadi

3D Secure texnologiyasi – bu mahsulot yoki xizmat uchun kartasiz toʻlov amalga oshirilganda, avtorizatsiya davomida ishlaydigan himoya protokoli.

 

Bu qanday ishlaydi?

 

SMS orqali. Xaridni amalga oshirish paytida uni tasdiqlash uchun mijozning mobil telefoniga yuboriladigan maxfiy kodni kiritish talab etiladi.

Kod 5 daqiqaga amal qiladi.

 

Bu parolni hech kimga bermang, hatto bank xodimlariga ham. Bu maʼlumot faqat toʻlovni amalga oshirmoqchi boʻlgan mijozga moʻljallangan.

 

Funksiya SMS xabarnoma yoqilgan, Asakabank tomonidan chiqarilgan barcha Mastercard/Uzcard kobeyj kartalari uchun avtomatik tarzda yoqiladi.

 

Yana savollaringiz bormi? Bizga qoʻngʻiroq qiling va biz sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz - 1152

 

Xizmat mutlaqo bepul.