O'zgartirilgan: 2021-09-16

Siz dunyoning turli nuqtalariga tez-tez toʻlovlar yuborasizmi va oʻz biznesingizni faol rivojlantiryapsizmi?

Asakabank  bilan siz oʻz valyuta oʻtkazmalaringizni nazorat qilishingiz va ularning holatini kuzatishingiz mumkin.

Buning uchun nima qilish kerak?

Shunchaki “Bank-Mijoz” tizimi orqali Global Payment Innovation xizmatiga ulaning.

Bank sizning toʻlovingiz uchun yagona kodni belgilaydi, u oʻtkazma manziliga yetib borguniga qadar oʻzgarishsiz qoladi. Bu sizga oʻz pul mablagʻlaringizning oʻtkazilish holatini, va aynan qaysi banklar orqali oʻtgani hamda oluvchining hisobiga tushganligini kuzatishga imkon beradi.

SWIFT GPI tizimiga ulanish xizmati 2021-yil 31-dekabrga qadar bepul taqdim etiladi!