O'zgartirilgan: 2021-08-05

Sifatni boshqarish tizimi standartiga muvofiqlik sertifikati

Ilgʻor xorij tajribasini joriy etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va keng qamrovli xizmatlar qatorini yaratish orqali “Asakabank” AJ ISO 9001:2015 sifatni boshqarish tizimi standartining muvofiqlik sertifikatiga ega bank oʻlaroq ishonchli pozitsiyani qoʻldan boy bermay kelmoqda.

 

Joriy yil ham bundan mustasno emas. Bank auditdan muvaffaqiyatli oʻtdi, hamda oʻz mijozlariga, ularning ehtiyojlariga doimiy eʼtibor va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash tufayli oʻz sertifikatining muddatini uzaytirdi.