O'zgartirilgan: 2021-05-25

Seminar-trening

“Bankning komplayens nazorat tizimi, komplayens tavakkalichiligi, korruptsiyaga qarshi kurashish, monopoliyaga qarshi komplayens hamda JDL/TM sohasiga” oid seminar-trening tashkil etildi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish kuchayganligini hisobga olgan holda, huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqni muhofaza qilish idoralari bilan oʼzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida "Asakabank" АJ ixtisoslashtirilgan boʼlimlar bilan bank xodimlari tomonidan qonun buzilishi faktlarini aniqlash boʼyicha doimiy ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, olingan maʼlumotlar jinoiy yoki maʼmuriy ishlarni qoʼzgʼatish uchun ixtisoslashgan organlarga oʼtkaziladi.
Аprel oyida Namangan viloyatida Komplaens nazorat departamenti tomonidan “Аsakabank” АJning komplaens nazorati hududiy menedjerlari hamda Аndijon, Fargʼona, Namangan, Аsaka va Qoʼqon filiallaridagi mijozlarga bevosita xizmat koʼrsatuvchi xodimlari ishtirokida bankning komplayens nazorat tizimi, komplayens tavakkalchiligi, korruptsiyaga qarshi kurashish, monopoliyaga qarshi komplayens hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizimni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga oid seminar-trening” boʼlib oʼtdi.


Seminar-trening davomida, bankning komplaens tizimi, mijozlarni lozim darajada tekshirish masalalari, komplayens tavakkalchilik tushunchasi, uni aniqlash va baholash, shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish va monopoliga qarshi komplayens tizimi, soʼnggi nazorat va ijro intizomi tizimlari yuzasidan maʼlumotlar almashilindi.
Shuningdek, yigʼilishga Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Namangan viloyat boshqarmasi vakili taklif etilib, sohaga oid yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berdi.
Seminar soʼngida biznes mashgʼulotlar (case study) tashkil etilib, qatnashchilar oʼrtasida sohaga oid risklarni baholash yuzasidan trening mashgʼulotlari (mozgovoy shturm) oʼtkazildi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar tomonidan javob berildi, seminar-trening munozaralarga boy tarzda oʼtkazildi.