O'zgartirilgan: 2021-07-21

Rasmiy munosabat

“Asakabank” AJ Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida eʼlon qilingan “Buxoroda bank tizimi sobiq mansabdor shaxslari kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlandi” sarlavhasi ostidagi xabar, shuningdek mazkur xabarga havola qilingan holda eʼlon qilinayotgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

 

Haqiqatdan ham, 2017 yilda Asakabankning sobiq masʼul xodimlari tomonidan maqsadli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq noqonuniy hatti-harakatlar amalga oshirilgan.

 

Ushbu qonunbuzarlik holati bevosita bank ichki tekshiruv-nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan bo‘lib, holatga qonuniy baho berish hamda qo‘shimcha tergov-surishtiruv va protsessual tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, aynan bank tashabbusi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. 

 

“Asakabank” AJ bank amaliyotlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday noqonuniy hatti-harakatlarni keskin qoralaydi va bu kabi holatlarga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, vaziyatni zudlik bilan huquqiy jihatdan baholash uchun tegishli huquni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qiladi. 

 

Shu bilan birga, “Asakabank” AJ yuqoridagi vaziyat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini maʼlum qiladi, hamda mijozlarda noto‘g‘ri xulosa shakllanmasligi, pirovardida bank reputatsiyasiga zarar keltirmaslik uchun, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini ushbu vaziyat yuzasidan ortiqcha “iboralarni” ishlatmaslikka chaqiradi. Bank o‘z faoliyatini xolisona baholashga harakat qilayotgan har qanday ekspertlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha ochiqlik tamoyilida faoliyat yuritishini maʼlum qiladi hamda ularga bildirilayotgan fikrlar uchun minnatdorchilik izhor qiladi.

 

Bank matbuot xizmati