O'zgartirilgan: 2021-08-30

NFC endi Asakabankda

Asakabank bankomatlari orqali bank amaliyotlarini kontaktsiz bajarish mumkin!⠀

Buning uchun sizga shunchaki NFC texnologiyasini qoʻllab-quvvatlovchi karta kerak boʻladi xolos. Bunday kartalarga quyidagilar kiradi:⠀

-MasterCard ⠀

-Kobeyj (MasterCard-UzCard )⠀

-Kobeyj (MasterCard-Humo)⠀

Kontaktsiz xizmat koʻrsatishning qanday afzalliklari mavjud?⠀

Ishonchlilik:⠀

- Kartani bankomatda unutib qoldirmaysiz – uni hatto qoʻlingizdan chiqarishga ham hojat yoʻq⠀

- Kartaning bankomatda qisilib qolishi yoki boshqa sabablar bois uning qaytarmaslik muammolarining yoʻqligi⠀

Xavfsizlik:⠀

-  EMV texnologiyasi bankomatdagi barcha amaliyotlarni himoya qiladi⠀

Qulaylik:⠀

- Kartani shunchaki rider qurilmaga qoʻying⠀

Bu qanday ishlaydi?

1. Kontaktsiz NFC texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan kartani oling⠀

2. Bankomatda NFC belgisi borligiga ishonch hosil qiling. U qurilmaning oʻzida yoki klaviatura qutisi yonida joylashgan boʻlishi mumkin ⠀

3. Kartani tekkizing va PIN kodni kiriting.⠀