O'zgartirilgan: 2021-07-30

Kalava ip mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi

Respublikamiz hududlarida zamonaviy yangi engil sanoat korxonalarini tashkil etish, mavjud korhonalarni modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida investisiya loyihasini bank tomonidan moliyalashtirilgan.

Loyihaning birinchi bosqich faoliyati uchun bank tomonidan «Cargill Financial Services International Inc.» mablag`lari hisobidan 9,7 mln. dollar hamda ikkinchi bosqichini moliyalashtirish maqsadida 46,1 mln Evro miqdorida kredit mablag`lari jalb qilingan.

Loyihani moliyalashtirilishi natijasida Germaniya va Xitoy davlatlaridan kalava ip ishlab chiqarishga mo`ljallangan to`quv uskunalari olib keltirildi.

Mazkur korxona birinchi bosqich ishlab chiqarish faoliyati natijasida yiliga 15,0 ming tonna, ikkinchi bosqich yiliga 18,0 ming tonna kalava ip mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lib, jumladan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi eksportga yo`naltirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda korxonada 700 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan bo`lib, ushbu loyihaning birinchi bosqichi ishga tushgan, ikkinchi bosqich 2021 yil
sentyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda. Mazkur korxonaning joriy faoliyati davomida 2020 yilda jami 24,9 mln.dollari, yani 11 615 tonna kalava ip ishlab chiqarilgan hamda Birlashgan Arab Amirligi, Xitoy, Polsha, Eron, Rossiya va Ukraina davlatlariga eksport qilingan.

Joriy yilning 1-choragida 11 584,2 ming dollari, yani 4 722,9 tonna miqdoridagi kalava ip mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo`lib, Xitoy, Rossiya, Ukraina va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

Mazkur korxona tomonidan ichki va jahon bozorlarida o`z o`rniga ega bo`lish maqsadida bosqichma-bosqich to`liq quvvatda ishlash bo`yicha o`z srtategiyasi ishlab chiqilgan bo`lib, kelgusida yuqori ko`rsatgichlarga erishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Xususan, bu borada korxona tomonidan joriy yil sentyabr oyiga qadar ishga tushishi rejalashtirilayotgan ikkinchi bosqich kalava ip ishlab chiqarish loyihasi doirasida chet el davlatlari bilan tayyor mahsulotlarni etkazib berish bo`yicha kelishuv bitimlariga erishilganligini misol qilib ko`rsatish mumkin.