O'zgartirilgan: 2021-08-31

Ip-kalava va mato mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi

Respublikamiz hududlarida zamonaviy yangi engil sanoat korxonalarini tashkil etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish maqsadida Navoiy viloyati
Xatirchi tumanida investisiya loyihasini bank tomonidan moliyalashtirilgan.

Loyihani moliyalashtirish maqsadida bank tomonidan Commerzbank AG, Turkeximbank, «Cargill Financial Services International Inc.» mablag`lari hisobidan 18,8 mln.Evro miqdorida kredit mablag`lari jalb qilingan.

Loyihani moliyalashtirilishi natijasida Germaniya, Belgiya, Turkiya davlatlaridan kalava ip va tayyor mato ishlab chiqarishga mo`ljallangan to`quv uskunalari olib keltirildi.

Mazkur korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yiliga 5 000 tonna ip-kalava, 6 mln.m2 gazlama, 3 mln.dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lib, jumladan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo`naltirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda korxonada 250 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan bo`lib, ushbu loyihaning birinchi bosqichi, ya`ni ip-kalava ishlab chiqarish liniyasi joriy yilning iyul oyida ishga tushirilgan, mato ishlab chiqarish va bo`yash liniyalari
2022 yil mart oyiga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda.

Mazkur korxona tomonidan ip-kalava mahsulotlarini xorijiy davlatlar, ya`ni Xitoy, Pokiston, Turkiya, Rossiyaga eksport qilish bo`yicha shartnomalar tuzilgan. Hozirgi kunga qadar (o`tgan 2 oy davomida) 850,0 tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarilib, 160 tonna tayyor mahsulot Xitoy davlatiga eksport qilindi,
Xitoy davlatidan eksport shartnomasi doirasida 620,0 ming AQSH dollari miqdorida mablag` kelib tushgan. Korxona tomonidan eksport shartnomalari bo`yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish ishlari boshlangan.

Mazkur korxona tomonidan ichki va jahon bozorlarida o`z o`rniga ega bo`lish maqsadida bosqichma-bosqich to`liq quvvatda ishlash bo`yicha o`z srtategiyasi ishlab chiqilgan bo`lib, kelgusida yuqori ko`rsatgichlarga erishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.