O'zgartirilgan: 2021-10-05

Ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi

Respublikamiz hududlarida zamonaviy yangi engil sanoat korxonalarini tashkil etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish maqsadida Xorazm viloyati
Xonqa tumanida investisiya loyihasini bank tomonidan moliyalashtirilgan.

Loyihaga bank tomonidan 2 606 850,0 evro miqdorida kredit ajratilgan bo`lib, shundan 2 237 872,50 evro miqdorida Germaniyaning “Landesbank Baden-Wuerttemberg” bankining kredit mablag`lari jalb qilingan.

Loyihani moliyalashtirilishi natijasida Germaniya va Turkiya davlatlaridan kalava ip ishlab chiqarishga mo`ljallangan tekstil uskunalari olib keltirildi.

Mazkur korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yiliga 2 725 tonna
ip-kalava mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lib, jumladan ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 foizi eksportga yo`naltirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda korxonada 84 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan bo`lib, korxona tomonidan ip-kalava mahsulotlarini xorijiy davlatlar yani Xitoy, Belorussiya, Turkiya va Rossiyaga eksport qilish bo`yicha shartnomalar tuzilgan. Joriy yilning o`tgan 8 oyi davomida 934,76 tonna ip-kalava, yani
20 824,87 mln.so`m miqdoridagi mahsulot ishlab chiqarilgan. Shundan 414,18 tonna, yani 10 327,24 mln.so`m (980 154,5 AQSH dollari) miqdorida
gi mahsulot Turkiya, Rossiya va Belorussiya davlatlariga eksport qilingan. Ichki bozorga 564,78 tonna ya`ni 14 888,96 mln. so`mlik mahsulot sotilgan.

Mazkur korxona tomonidan ichki va tashqi bozorlarda o`z o`rniga ega bo`lish maqsadida bosqichma-bosqich to`liq quvvatda ishlash bo`yicha o`z srtategiyasi ishlab chiqilgan bo`lib, kelgusida yuqori ko`rsatgichlarga erishishni maqsad qilib qo`ygan.