O'zgartirilgan: 2021-08-20

“Asakabank” AJda yangi “Monopoliyaga qarshi komplayens” tizimi joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 iyuldagi “Raqobat muhitini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-6019-sonli Farmoniga asosan davlat ishtirokidagi korxonalarda, jumladan, tijorat banklari orasida “Asakabank” AJda sinov tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash, bank imidji va investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida, “Asakabank” AJ tomonidan ichki nizom ishlab chiqilib, bankda monopoliyaga qarshi komplayens tizim yo‘lga qo‘yildi hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo‘ycha “yo‘l xarita” tasdiqlandi. Ushbu yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda.