O'zgartirilgan: 2021-08-11

​​“Asakabank” AJ ning xalqaro maydondagi yana bir muvaffaqiyati

Asian Banking & Finance jurnali talqini bo’yicha “Asakabank” AJ “O’zbekistonda 2021 yilgi ichki chakana bank” (“Domestic Retail Bank of the Year in Uzbekistan-2021”) nominatsiyasida g’olib deb topildi.

 

O’zbekistonda so’nggi yillarda barcha sohalar, shu jumladan, bank biznesi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli bank ushbu natijaga erishdi. Chakana bank xizmatlari bozorida bank o’zini muvaffaqiyatli ishtirokchi  sifatida namoyish etish hamda mazkur bozorning boshqa ishtirokchilari bilan raqobat qila olishning uddasidan chiqdi.

 

COVID–19  koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan bozordagi noaniqliklarga qaramay, bank bularning barchasiga tezkor va o’z vaqtida javob qaytarish hamda chakana biznes savdosi bo’yicha qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida muvaffaqiyat qozondi.