O'zgartirilgan: 2021-05-09

9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan!

Aziz vatandoshlar va yurtimiz mehmonlari! 

"Asakabank" AJ jamoasi sizni 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi!  Bu oddiy sana emas, avvalo bu jasorat, fidoyilik va mardlik ramzi. Insonlarni birdamlikka undaydigan kun. Zero, bugungi kunda yurtimizda turli hil millatlar tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va o'zaro hurmat-ehtiromda yashab kelmoqda. Aynan shu sababli faxriylarimizga doim ta’zimdamiz! Ular aniq bir misolda, faqat birlashibgina imkonsiz marralarga erishish mumkinligini ko'rsatdi. Va ularning erishgan natijalari, bizni o'z yurtiga bo'lgan sevgi muqaddas ekanligiga ishontirdi. Ota-bobolarimiz o'sha qiyin yillarda evakuatsiya qilingan, qariyalar, ayollar va bolalarni olib, ularga boshpana berdi va bor mehrini ko’rsatdi. Boshqalar esa qishloq va shaharlarni ozod qilib, barcha jabhalarda qahramonlik bilan kurashdilar.

Ularning jasorati va mardligi hech qachon yodimizdan o'chmaydi. 

Xotira va qadrlash kuni bilan!