Обновлено: 2021-04-21

Zamonaviy va sifatli tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi

Respublikamiz hududlarida zamonaviy yangi yengil sanoat korxonalarini tashkil etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish maqsadida Аndijon viloyati Аsaka tumanida ana shunday investitsiya loyiha bank tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaga bank tomonidan Davlat kafolati ostida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan 850,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit mablagʼlari jalb qilingan. Loyihani moliyalashtirilishi natijasida Turkiya va Xitoy davlatlaridan tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tikuv, bichuv, rasm bosish va kompressorlar olib keltirildi. Mazkur korxona yiliga 7,0 mln dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega, shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar “Imlion” mahsulot yorligʼi bilan aks ettiriladi.
Bugungi kunda korxonada 100 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan boʼlib, 2020 yil loyiha ishga tushirilgan davrda 123,2 ming АQSh dollari, yaʼni 1 281,6 mln.soʼm miqdoridagi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan hamda Ukraina va Qirgʼiziston davlatlariga eksport qilingan. Joriy yilning 1-choragida 264,0 ming АQSh dollari, yaʼni 2 777,5 mln.soʼm miqdoridagi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlib, Ukraina va Qirgʼiziston davlatlariga eksport qilingan.
Mazkur korxona tomonidan ichki va jahon bozorlarida oʼz oʼrniga ega boʼlish maqsadida bosqichma-bosqich toʼliq quvvatda ishlash boʼyicha oʼz strategiyasini ishlab chiqilgan boʼlib, kelgusida yuqori koʼrsatkichlarga erishishni oʼz oldiga maqsad qilib koʼygan. Xususan, bu borada korxona tomonidan Rossiya, Moldaviya, Latviya kabi chet el davlatlari bilan tayyor trikotaj mahsulotlarini yetkazib berish boʼyicha kelishuv bitimlariga erishilganligini misol qilib keltirish mumkin.