MENYU
+998 71 200-55-22

Plastik kartalar

Ish haqi loyihasi:

Bu – plastik karta bilan bog’liq va plastik karta egasi nomiga ochilgan bank hisob raqamiga ish haqini o’tkazish.

Butun dunyo mehnat uchun haq to’lashda ushbu usuldan foydalanvoqda.

Ish haqi loyihasining afzalliklari barchaga ma’lum:

  • Ish haqi beriladigan kunda navbatda pul kutib turish zaruriyati mavjud emas;
  • Ish haqi deponentga o’tkazilmaydi;
  • Ish haqi to’g’ri berilishi ustidan qat’iy nazorat;
  • Ish haqi loyihasi bo’yicha chiqarilgan plastik kartalari egalariga “Asaka” bank tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli tariflar;
  • Ish haqi loyihasi bo’yicha chiqarilgan plastik karta egasi bank tomonidan taqdim etiladigan overdraftdan foydalanishi mumkin.

Xalqaro plastik kartalar

Hozirgi kunda “Asaka” bank O’zbekiston Respublikasi bo’yicha MasterCard kartalari (www.mastercard.com) bo’yicha amaliyotlarni amalga oshiruvchi o’zining ko’p vazifali amaliyot markazini yaratgan birinchi va yagona bankdir. “Asaka” bank xalqaro plastik kartalar bozorida 2002 yilning may oyidan faoliyat ko’rsatmoqda. Bankning O’zbekiston miqyosida yaratilgan ko’p vazifali amaliyot markazi va xalqaro to’lov uyushmasida to’la vakolatli a’zolik bank mijozlariga raqobatchilar narxidan arzonroq narxlarda bir qator xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini yaratadi.

“Asaka” bank xalqaro kartalarni bepul taqdim etadi, faqatgina kartani chiqarish bilan bog’liq harajat undiriladi. Bank quyidagi turdagi xalqaro kartalarni taklif etadi:

Maestro – daromadidan qat’iy nazar har bir kishi elektron to’lovini amalga oshirish uchun ochishi mumkin bo’lgan karta.Shuningdek, ushbu karta bo’yicha “MasterCard”, “Cirrus” xalqaro bankomat tizimi va “ES” Evropa tarmog’i bankomatlari tizimida naqd pul olish mumkin. “Maestro” xalqaro savdo terminallari va “EDC” Evropa tizimining terminallari o’rnatilgan savdo shaxobchalarida xarid to’lovini amalga oshirish uchun ishlatiladi.

MasterCard Standart. Butun dunyoda to’lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Hisob raqamidagi qoldiq miqdorida bankomat, naqd pul berish nuqtalarida naqd pul olish mumkin, olingan mol va taqdim etilgan xizmatlar uchun to’lovni, mehmonxonalarfa joy bron qilish, masofadan to’lovni (masalan, o’qish uchun) amalga oshirish mumkin.

MasterCard Biznes. Tashkilot (kompaniya) mablag’larini belgilangan miqdorda sarflashga vakolat olgan xodimlari uchun chiqariladigan korporativ karta.

Plastik karta olish “Asaka” bankning istalgan filialiga pasportingizni taqdim etgan holda murojaat qilishingiz mumkin.