MENYU
+998 71 200-55-22

Yangiliklar

18.05.2017

«Fitch Ratings»: O‘zbekistonning aksariyat banklari so‘m kursining pasayishiga chidamlidir

«Fitch Ratings» ta'kidlaydiki, O‘zbekistonning aksariyat banklari hukumat valyuta bozorini liberallashtirish va valyuta ayirboshlash amaliyotlari ustidan nazoratni yengillatishni rejalashtirayotgan o‘rta istiqbolda ehtimoli bo‘lgan so‘m kursining pastlashuviga chidamlidir. Shu bilan birgalikda ayrim banklar so’m kursining yirik miqdordagi pastlashuviga chidamsizdir.

«Fitch Ratings» O‘zbekiston banklarining turli ssenariylarda so‘m kursi pastlashuviga bardoshliligini baholashdan o‘tkazdi. Bizning tahlillarga ko’ra, «O‘zsanoatqurilishbank», «Mikrokreditbank», «Trastbank» va «Universal bank» kursning kapitalga regulyativ talablari buzilishlarisiz 50 foizga pastlashiga dosh bera oladi. «Asaka» bank va «Ipak yo‘li» banklari kursning 20 foizga pastlashiga dosh bera oladi, biroq ularga qo‘shimcha kapitalga talab zaruriyati yuzaga kelishi yoki balandroq darajada pastlash kuzatilgan taqdirda, talablardan chekinishga ruxsat talab qilinishi mumkin. «Agrobank» minimal talablarga ham rioya etmayapti.

Bizning farazimizga ko’ra, «Fitch Ratings» tomonidan reyting o’tkazilayotgan barcha o‘zbek banklari uzun yoki to‘liq yopiq valyuta pozitsiyasiga egaligi bois to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta xatari past darajadadir. Biroq milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi depozitlarning dollarlashuvi o‘sishiga olib kelishi, natijada banklar qisqa valyuta pozitsiyalari bo‘yicha xatarlarga duch kelishi mumkin. Bunday holatda, O‘zbekistonda valyuta xatarlarini sug‘urtalash vositalari keng ommalashmaganligi sababli, banklar o‘z valyuta pozitsiyalarini yopish uchun ko‘proq valyuta kreditlarini ajratishga majbur bo‘ladi. Bu esa aktivlar sifatini pasayishi xatarlarning o’sishiga olib kelishi mumkin. Chunki qarz oluvchilar valyuta sug‘urtasiga ega bo‘lmasliklari mumkin.

So‘mning devalvatsiyasi banklarning xorijiy valyutadagi aktivlarining qadrsizlanishi orqali kapitallashuv darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq, bu ta’sir mo‘tadil bo‘ladi, - deb hisoblaymiz. Devalvatsiya «O‘zsanoatqurilishbank» (2017 yil I chorak yakunida 82 foiz) va «Asaka» bankning (54%) yuqori sifatli  va «Ipak yo’li» bankining (25%) qisman yuqori darajadagi valyuta kreditlari sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. «O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bankda valyuta kreditlarining asosiy qismi valyuta daromadiga ega qarzdorlarga va/yoki davlat tomonidan kafolatlanganligi bois valyuta kursining pasayishi aktivlar sifatini pasayishiga ta’sir etuvchi xatarlarni chegaralaydi, biroq «Ipak yo‘li» banki valyuta kreditlari birmuncha zaif hisoblanadi.

Hisobotlarga ko’ra, tashqi valyuta qarzdorligi, mijozlar hisob varaqlaridan tashqari «O‘zsanoatqurilishbank»da yuqori (barcha majburiyatlarni 73%i), «Asaka» bank va «Ipak yo’li» bankida mo’tadil (mos ravishda 31% va 19%) hamda boshqa banklarda past darajada. O’z navbatida tashqi qarzdorlik bo’yicha qisqa muddatli to’lovlar miqdori yuqori emas (2017 yilda barcha majburiyatlarning 5%idan past darajada) va kreditlarning qaytarilishi bilan muvofiqlashtirilgan. Valyuta likvidligi «O‘zsanoatqurilishbank»da (valyuta bo’yicha jami qarzdorlikka nisbatan 17%) va «Asaka» bankida (33%) mo’tadil va «Ipak yo’li» bankida (68%) yuqori darajaga ega.

Bizning fikrimizga ko‘ra, davlatning xorijiy valyutada madad berishga qodirligi yaxshi ko’rsatkichdir. O‘zbekistonning yirik hajmdagi, ya’ni  2016 yil yakuniga ko’ra 25 mlrd. dollarga yaqim miqdorga oltin-valyuta zaxiralarini mavjudligi bundan dalolat berib turibdi. Bu esa bank sektori valyuta  majburuyatlaridan qariyb 2 baravarga yoki uning tashqi qarzidan 11 baravarga ko‘p demakdir. Davlat kafolatlatlari «O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bankining mavjud tashqi qarzlarining muhim qismini qoplamoqda.

 

Manba: «Fitch Ratings»


Ro'yihatga qaytarish