MENYU
+998 71 200-55-22

Yangiliklar

11.05.2017

«Аsака» bank O’zbekiston iqtidorli yoshlarini hamisha qo’llab-quvvatlashga tayyor

«Аsaka» bank tomonidan mamlakatimizdagi oliy va boshqa ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari va o’quvchilarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 6 may kuni Toshkentdagi Inxa universitetida iqtidorli qizlar, ya’ni axborot-kommunikatsiya sohasining bo’lajak mutaxassislari uchun «StartupMix» tanlovi o’tkazildi.

Mazkur tanlov davomida «Technovation Uzbekistan» dasturi bo’yicha 21 jamoa o’zlarinig loyihalarini – dasturiy mahsulotlarini taqdim etdilar. 



Keyingi kuni Yoshlar Ijod Saroyida tanlovning yakunlovchi qismi bo’lib o’tdi va bunda O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri O’rinbosari Norboyeva T.K., AQSHning O’zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, Isroil Davlatining O’zbekistondagi elchisi Karmella Shamir, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.


Tanlovda «Asaka» bank asosiy homiylardan biri sifatida ishtirok etib, «Bravehearts» guruhiga nafaqa yoshidagi insonlarni qidirish bo’yicha yaratilgan ilova uchun «Eng haqqoniy biznes-loyiha» nominatsiyasidagi sovrinni taqdim etdi.

Iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimida «Asaka» bank Boshqaruvi Raisi Birinchi O’rinbosari Kasimov R.K. - «Asака»  bank O’zbekiston iqtidorli yoshlarini hamisha qo’llab-quvvatlashga tayyor», - deb ta’kidlab o’tdi. Shunigdek u - «mazkur tanlovda g’oliblar ham, mag’lublar ham yo’q, faqat ishtirokchilardan kerakli va foydali loyihalar bor xolos. Tanlovning asosiy maqsadi esa qisqa vaqt ichida ishtirokchilar qanday muvaffaqiuatlarga erisha olish qobiliyatlarini aniqlash edi», - deb ta’kidladi.





Ro'yihatga qaytarish