MENYU
+998 71 200-55-22

Yangiliklar

10.01.2017

Tadbirkorlikka «Asaka» bank bilan


Respublikamizda tadbirkorlik subyektlari rivoji uchun qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilganligi, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishda keng miqyosdagi imtiyozlar va yengilliklar berilganligi tadbirkorlar uchun o'z faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Iqtisodiyotimizning bir meyorda o'sib borayotganligi, mamlakatimiz bozorlari turli tovar va xizmatlar bilan boyib borayotganligi hamda aholimizning turmush farovonligi kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi buning yaqqol isbotidir.

Xususan Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e`lon qilinganligi bunga yaqqol misol bo'lib xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqib, 2016 yilning 22-24 dekabr kunlari «Asaka» bank malakali rahbar xodimlari, Mahalla va qishloq fuqarolari yig'inlari raislari, mahalla nozirlari, oqsoqollar va boshqalar bilan birgalikda Jizzax viloyating, Jizzax shahrida joylashgan «Ittifoq», «Yoshlik», «Bunyodkor», «Bog'i shamol», «Sangzor», «Sayxan», «Kaliya» mahalla fuqarolari yig'inlarida va Arnasoy tumanining «Do'stlik» va «Zarafshon» qishloq fuqarolari yig'inlarida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga o'z tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida «Asaka» bank malakali rahbar xodimlari tomonidan aholiga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yuzasidan bir qancha bank xizmatlari taklif etildi va tushunchalar berildi. Uchrashuv mobaynida yig'ilish qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob olib, kelajakda ularni tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta`kidlab o'tildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tadbirkorlikni tashkil etish bo'yicha olgan tushunchalariga tayanib kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissalarini qo'shishdan xursandliklarini aytib o'tdilar va bank xodimlariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari «Asaka» bank Jizzax viloyat filialiga biriktirilgan mahallalarning har bir xonadonlariga bankning malakali xodimlari tashrif buyurib, xonadonlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda tushuntirish va tavsiyalar bermoqda hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va kredit mablag'larini olish uchun zarur xujjatlarni tayyorlashda ko'mak berib kelmoqdalar.

Manba: www.kun.uz


Ro'yihatga qaytarish